📚Joriy yilning 9-dekabr kuni Baxmal tuman axborot–kutubxona markazi o‘quv zalida Anorxol Shodmonova tomonidan yozilgan “Maktab yoshidagi bolalarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmaning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

💫Ushbu taqdimotda muallif Anorxol Shodmonova o‘zining uslubiy qo‘llanmasi mazmuni, metodologik yondashuvlari va amaliy tavsiyalarini ishtirokchilarga batafsil yoritib berdi. Muallif qo‘llanmada maktab yoshidagi bolalarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik, muammolarni hal etish, axborot madaniyati va raqamli savodxonlik kabi XXI asr ko‘nikmalarini qanday bosqichma-bosqich shakllantirish mumkinligi haqida aniq va foydalanishga yaroqli metodlar taklif etilganini ta’kidladi. Har bir bo‘limda maktab darslarida, to‘garaklarda yoki oilaviy muhitda qo‘llash uchun misollar, mashg‘ulot rejalari va baholash usullari keltirilgan.