" Kitob bilan do`stlashing " shiori ostida kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi.
✅Yoshlarni bolaligidan kitoblarga oshno qilish ularning kelajakda o’z o’rnini topishi va yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishida katta ahamiyat kasb etadi.Joriy yilning 7-avgust kuni Baxmal tuman Axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Uzunbuloq QFY da bolajonlarga " Kitob bilan do`stlashing " shiori ostida kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi.Ushbu kitoblar ko’rgazmasida bolajonlar qiziqarli ertak kitoblar,ensiklopediyalar bilan yaqindan tanishdi.