Kitob — bilim va dunyoqarash manbai
Kitob — bilim va dunyoqarash manbai
Joriy yilning 25-sentabr kuni Baxmal tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Dunyo mamlakatlari” nomli asari taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida “Dunyo mamlakatlari” asarining mazmun-mohiyati, unda yoritilgan mavzular hamda kitobning kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Asarda dunyoning turli mamlakatlari, ularning tarixi, geografik joylashuvi, madaniyati, urf-odatlari va o‘ziga xos jihatlariga oid qiziqarli ma’lumotlar jamlangani ta’kidlandi.