📚 KITOB — BILIM VA EZGULIK MANBAI

📚 KITOB — BILIM VA EZGULIK MANBAI Joriy yilning 15-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydasi hamda kitob o‘qish orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirishning ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ertaklar, hikoyalar, she’rlar va rang-barang bolalar adabiyotlari namoyish etilib, ularning mazmuni haqida suhbatlar o‘tkazildi