📚 KITOB — BILIM VA MA’RIFAT MANBAI
📚 KITOB — BILIM VA MA’RIFAT MANBAI
Joriy yilning 16-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida kitobga mehr va mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.