📚 Kitob — bilim va ma’rifat manbai! Joriy yilning 11-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan sayohat tashkil etildi.
📚 Kitob — bilim va ma’rifat manbai!
Joriy yilning 11-avgust kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida mehmonlar kutubxona faoliyati, kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kutubxonadagi adabiyotlar bilan tanishib, mutolaa va kitobxonlikning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Bunday tashriflar turli soha vakillarining kitob va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish hamda kutubxona bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.