“Kitob – bilim va xavfsiz hayot sari yo‘l”
“Kitob – bilim va xavfsiz hayot sari yo‘l”
2026-yil 17-iyul kuni Baxmal axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Baxmal tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi binosida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqarolar muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, ekologiya va hayot xavfsizligi mavzulariga oid adabiyotlarni keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mutaxassislar va kitobxonlarning bilimlarini boyitishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Mazkur kitob ko‘rgazmasi kitobxonlikni targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, axborot-kutubxona markazi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgan mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.