📚“Kitob – bu inson ongining eng sokin dorixonasidir”
📚“Kitob – bu inson ongining eng sokin dorixonasidir”
🧠 Tadqiqotlarga ko‘ra, kitob mutolaa qilish stressni kamaytirishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, atigi 6 daqiqa kitob o‘qish insondagi stress darajasini 60 foizdan ko‘proq kamaytirishi mumkin.
📖 Kitob o‘qish jarayonida inson miyasi sekinlashadi, yurak urishi me’yorga tushadi va ong tashvishlardan chalg‘iydi. Shu sababli ko‘plab mutaxassislar kitobni ruhiy dam olishning eng foydali odatlaridan biri deb hisoblaydi. Qiziq tomoni shundaki, kitob o‘qish musiqa tinglash yoki sayr qilishdan ham tezroq stressni kamaytirishi aniqlangan.