“Kitob hayot yo’llarimizda do’stu tayanchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
#Kitob_va_mutolaa
Kitob inson hayotining eng yaqin do’sti, eng ishonchli tayanchidir. U bilim, donolik va ma’naviyat manbai bo‘lib, har bir insonni o‘zi uchun yangi dunyolar bilan tanishtiradi. Kitob orqali biz tarixni, tabiatni, insoniyat madaniyatini o‘rganamiz, yaxshi va yomonni ajrata bilamiz. Hayotimizda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengishda kitobdan olingan maslahatlar va bilimlar bizga yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun kitob har doim bizning do‘stimiz, ruhiy tayanchimiz bo‘lishi lozim. Kitob o‘qish – bu o‘zimizni rivojlantirish, dunyoni yaxshiroq tushunish va hayotimizni mazmunli qilish yo‘lidir.
Joriy yilning 12-sentabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida “Kitob hayot yo’llarimizda do’stu tayanchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.