“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi

“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi ✍️Pirimqul Qodirov 🖌"MEROS" Pirimqul Qodirovning “Meros” qissasi va “Olov” hikoyasi aka-uka munosabatlarini, oilaviy va jamiyat oldidagi burchni yoritadi. “Meros”da asosiy qahramon Yolqin el-yurt xizmati va oilasi farovonligi yo‘lida o‘zini ham ayamaydi, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyani joriy etadi va murakkab vaziyatlarni uddalaydi. Asarda uning ukasi Tursun, onasi Sharofat opa, turmush o‘rtog‘i Munira va boshqa obrazlar orqali turli qarama-qarshi munosabatlar ko‘rsatiladi. Siz asarni o‘qib, quyidagi savollarga javob topasiz: Sharofat opa nima uchun Yolqinning mexanizator bo‘lishini xohlamaydi? Azlar aka nega Muniraning Yolqinga turmushga chiqishiga qarshi? Tursun nima sababdan akasidan norozi bo‘ldi? Munira shaharlik sifatida nima maqsad qo‘ydi? Yolqin xato qiladimi? “Olov” hikoyasida esa qahramon Haydar akasining Ikkinchi jahon urushi davridagi xotiralarini yoritadi. Ikkala asar ham ma’naviy-ma’rifiy tarbiya uchun hozirgi kunda ham dolzarb.