“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi #Kitob_jamiyat_qalbi
“Kitob jamiyat qalbi” loyihasi
#Kitob_jamiyat_qalbi
📚Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar sizlarni “Kitob jamiyat qalbi ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz!
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib oʻtgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a'zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat "Turkiy adabiyct durdonalari" deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish gʻoyasini ilgari surgan edi. Ushbu ezgu tashabbus asosida birinchi boʻlib Oʻzbekistonda mana shu muhtasham adabiy majmua yaratildi.
Mazkur durdona to‘plamda o‘zbek adabiyotining faxrlari ham bor:
✦ O‘tkir Hoshimov — “Tushda kechgan umrlar”
✦ Tog‘ay Murod — “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”
Bu asarlar — qalblarni yaqinlashtiruvchi ko‘prik.
So‘zning qudrati — millatlarni birlashtiradi.
“Turkiy adabiy durdonalar” — doimo biz bilan!