📚 “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. 20-fevral kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Baxmal tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida davra suhbati ta

📚 “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. 20-fevral kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Baxmal tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — kitobxonlikni targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni kengaytirish hamda mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yoritib berishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida kitobning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, faol muloqot olib bordilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.