📚 “Kitob — ma’rifat manbai”
📚 “Kitob — ma’rifat manbai”
Joriy yilning 24 noyabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitob — ma’rifat manbai” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida kutubxonamizga yangi kelib tushgan qimmatli asarlar keng kitobxon ommaga tanishtirildi.
Xususan, “Qalbingiz sof bo‘lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar”, “Qizlar kitobi”, “Bir kunda inqilob”, “Boy ota, kambag‘al ota” kabi eng sara kitoblar mazmuni va o‘quvchilarga beradigan hayotiy saboqlari haqida fikrlar bildirildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni muntazam mutolaa qilishga undashga maqsad qaratildi. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, o‘quvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni yaqinroq tanish imkoniga ega bo‘ldilar.