“Kitob mening do‘stimsan”

“Kitob mening do‘stimsan” 16-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Kitob mening do‘stimsan” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 📚 Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Klub a’zolari rangli qog‘ozlardan turli xil gullar yasab, o‘z ijodkorliklarini namoyish etdilar. 🌸 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan g‘oliblar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ✨