#Kitob_mutolaa_haftaligi

#Kitob_mutolaa_haftaligi ✅2-sentabr kuni Baxmal tuman Axborot-kutubxona markaziga 81-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi bir gurux o’quvchilari sayohatga kelishdi .Sayohat davomida ular kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondi bilan yaqindan tanishdi.Shu bilan bir qatorda 2-12 sentabr kunlari bo’lib o’tayotgan “Kitob- mutolaa” haftaligi doirasida tashkil etilgan “Kitob eng yaxshi do’st” mavzusidagi kitoblar ko’rgazmasi bilan ham yaqindan tanishdi.Ushbu ko’rgazmadan turli badiiy kitoblar, bolalar uchun mo’ljallangan ertak kitoblar,elektron kitoblar o‘rin olgan.O’quvchi yoshlar uchbu ko’rgazmadan bir olam ma’lumotlarga ega bo’lishdi.