Kitob rasmli ko'rgazma tashkil etildi

10-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada qizlarning hayoti, ta’limi va jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan kitoblar, maqolalar va suratlar namoyish etildi. Tadbirning maqsadi — qizlarni bilimga, kitobxonlikka qiziqtirish hamda ularning huquqlari va imkoniyatlari haqida tushuncha berishdan iboratdir .