Kitob sovg`a qilindi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabida bir necha yillardan buyon o'z ish faoliyatini olib borayotgan,Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlaridan biri uslubchi o'qituvchi Shodmonova Anorxol Abdusaidovna o'zining "MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA XXI ASR KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH " nomli uslubiy qo'llanmasini sovg'a sifatida topshirdi. Mazkur uslubiy qo'llanma maktab yoshidagi bolalarda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirishga o'rgatish haqida fikr mulohazalar yuritilgan.Ushbu qo'llanmada maktab yoshidagi bolalarda yangi avlod darsliklari asosida zamonaviy bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish,xorijiy tajribalardan foydalanish va o'yin texnologiyalari asosida tashkil etishga qaratilgan. Uslubiy qo'llanmadan maktabdan tashqari ta'lim muassasalari o'qituvchilari,uslubchilar,boshlang'ich sinf o'qituvchilar va bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.