Kitob taqdimoti
Kitob taqdimoti
Joriy yilning 28-yanvar kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida bir necha yillardan buyon o'z ish faoliyatini olib borayotgan,Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlaridan biri uslubchi o'qituvchi Shodmonova Anorxol Abdusaidovnaning "MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA XXI ASR KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH " nomli uslubiy qo'llanmasi taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda Jizzax viloyatining barcha tumanlari “Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubchilari,Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabidan vakillar ishtirok etishdi. Taqdimotda Anorxol Abdusaidovna ushbu qo‘llanmani yozishidan maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodga bilim berishning zamonaviy usullarini joriy qilish ekanligini takidlab qo‘llanma haqida ma’lumot berib ot‘di.