Kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tgan Turkiy Davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a'zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat "Turkiy adabiyot durdonalari" deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g'oyasini ilgari surgan edi. Ushbu ezgu tashabbus asosida birinchi bo'lib O'zbekistonda mana shu muhtasham adabiy majmua yaratildi.Ushbu 100 jildlik kitoblar turkumidan Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga ham keltirilgan edi. Joriy yilning 29-mart kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 92/55 sonli harbiy qismda ushbu majmuadan joy olgan "O'zbek zamonaviy she'riyati antologiyasi" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda kitobning yaratilish tarixi haqida ma'lumot berildi hamda ushbu kitobga kiritilgan Baxmallik shoir Abdulla Qo'shboqning she'ri o'qib eshittirildi.