📚 Kitob targ‘iboti davom etmoqda!
27-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan tumandagi 88-umumta’lim maktabida atoqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Mungli ko‘zlar” asari targ‘ib qilindi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan mehr-oqibat, halollik va ezgulik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.
📖 Bunday uchrashuvlar yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, badiiy adabiyot orqali ularning ma’naviy olamini boyitish va fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.
#KitobxonlikMadaniyati #MungliKo‘zlar #XudoyberdiTo‘xtaboyev #BaxmalKutubxonasi #YoshlarVaKitob