Kitob targ'iboti o'tkazildi.
Yozgi ta'tilda o'quvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini yanada mazmunli o'tkazish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan mahallalarda kitob targ'ibotlari o'tkazilmoqda.Jumladan joriy yilning 14-iyun kuni tumandagi kutubxonaga yaqin bo'lgan Do'stlik MFY hududida "Yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazing" mavzusida kitoblar targ'iboti o'tkazildi.Targ'ibotda Baxmal AKM mutaxassislari tomonidan kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar,yangi kelgan kitoblar haqida ma'lumot berildi va 12 nafar yoshlar kutubxonaga yangi a'zo bo'lib qo'shildi.