Kitobga oshno qalblar – ma'rifat sari yana bir qadam

Kitobga oshno qalblar – ma'rifat sari yana bir qadam 2026-yil 9-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida bir guruh kitobxon yoshlar hamda  markaz rahbari ishtirokida  samimiy suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatda mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, kitobning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari xususida fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, kutubxona faoliyati va kitob mutolaasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tib, ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi bundan buyon ham yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning ma'naviy-ma'rifiy dunyosini boyitishga qaratilgan ana shunday uchrashuv va tadbirlarni muntazam tashkil etishda davom etadi.