Kitoblar ko'rgazmasi
Baxmal tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tamonidan 18-oktabr kuni tumandagi Do`stlik MFY da kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi.
Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni o‘qishning o‘zida ham kishida gapirish san’ati bir qadar rivojlangani seziladi. Shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh bo‘la oladi, odamlarda o‘zi haqida yaxshi tassurot qoldiradi.