Kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kutubxonaga yangi kelgan kitoblarning taqdimoti muntazam ravishda o'tkazilib kelinmoqda.Kitob taqdimoti orqali aholi va yoshlarni yangi nashr etilgan badiiy va ilmiy ommabop kitoblar bilan tanishtirish va kutubxonaga jalb qilish maqsad qilingan.Joriy yilning 2-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Mo'g'ol QFY hududidagi 45-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Abdumurod Tilavovning "Bolalarga gap uqtirish san'ati", Komil Sindorovning "Tergovchi" hamda Robert Fishning "Samolyotdagi o'g'irlik" kitoblari taqdimoti o'tkazildi.