Kitoblar targ'iboti bo'lib o'tdi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman markazidan ancha olis bo'lgan hududlarda yashovchi aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida davra suhbatlari,kitob targ'ibotlari, tadbirlar tashkil etilmoqda.Jumladan shu yilning 3-aprel kuni tumandagi Oyqor QFY hududidagi 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida kitoblar targ'iboti o'tkazildi. Targ'ibotda axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi.Taniqli o'zbek va jahonning mashhur yozuvchi va shoirlarining kitoblari targ'ib qilindi.Maktab o'quvchi va o'qituvchilaridan 25 nafari axborot-kutubxona markaziga yangi a'zo bo'lib qo'shildi.