Kitoblar targ'iboti bo'lib o'tdi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman markazidan ancha olis bo'lgan hududlarda yashovchi aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida davra suhbatlari,kitob targ'ibotlari, tadbirlar tashkil etilmoqda.Jumladan shu yilning 10-may kuni tumandagi Tangatopda QFYga qarashli 70-umumiy o'rta ta'lim maktabida kitoblar targ'iboti o'tkazildi. Targ'ibotda axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi.Taniqli o'zbek va jahonning mashhur yozuvchi va shoirlarining kitoblari targ'ib qilindi.