Kitoblar targ'iboti o'tkazildi.
Hozirgi kunda aholining ko'pchilik qismi hayotning mayda-chuyda tashvishlariga o'ralashib ,kutubxonaga kelish, kitob o'qish kabi tushunchalarni unutib qo'ymoqda.Aslida hayotning o'zi bir kitob.Kitoblar ham hayotiy voqealar misolida yoziladi.Kitob o'qish inson miyasini charxlaydi.Liverpul universiteti olimlari tajribaga jalb etilgan kishilarning Shekspir asarlarini o‘qiyotgan chog‘ida bosh miyasida kuzatilgan faol o‘zgarishlarni qayd etishdi. Bunday muolaja usuli asabiy va qo‘rquv holatidagi kishilarni tinchlantirib sog‘aytirish uchun maxsus ishlab chiqilgan ekan. Ma’lum bo‘lishicha, badiiy yuksak asarlar ta’sirida bosh miyaning kuchli his-hayajon qo‘zg‘aydigan qismi faoliyati mo‘‘tadillashib, nazorat qilish qatlamida faollik ortar ekan.
Joriy yilning 18-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi Do'stlik MFY da "Kitob mutolaasi miyani charxlaydi" mavzusida kitoblar targ'iboti o'tkazildi.O'tkazilgan targ'ibotda AKM mutaxassisi mahalla idorasiga o'z yumushi bilan kelgan fuqarolar bilan kutubxona, kitob mutolaasi haqida suhbatlashdi. 9 nomdagi badiiy asarlar targ'ib qilindi. Mahalla fuqarolaridan 5 nafari kutubxonaga a'zo bo'lishdi.
