Kitoblar targ'iboti o'tkazildi.
Joriy yilning 23-may kuni Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabda kitoblar targ'iboti o'tkazildi.O'tkazilgan targ'ibotda Baxmal AKM mutaxassislari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilariga Baxmal tuman axborot-kutubxona markazining kitob fondi,kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.Maktab o'quvchi va o'qituvchilaridan 22 nafari kutubxonaga yangi a'zo bo'lishdi.