Kitoblar targ'iboti o'tkazildi.
Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlarni kitobga qiziqtirish,kitobxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida turli targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 28-may kuni tumandagi Do'stlik MFY va O'smat SHFY hududlarida "Siz ham kitob o'qing" mavzusida kitoblar targ'iboti o'tkazildi.O'tkazilgan targ'ibotda Baxmal tuman AKM da kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,mavjud kitob fondi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.18 nafar mahalla fuqarolari kutubxonaga azo bo'lishdi.