Kitoblar targ'iboti o'tkazildi.

Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholining barcha qatlamlarini, jumladan maktabgacha yoshdagi bolajonlarni kitobga qiziqtirish,kitobga bo'lgan mehrini yoshligidan uyg'otish maqsadida turli targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.Jumladan joriy yilning 24-iyul kuni tumandagi O'smat SHFY hududidagi "Saodat" nomli oilaviy bolalar bog'chasida "Kitob mening do'stimsan" deb nomlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Ushbu tadbirda bolajonlar uchun mo'ljallangan rasmli ertak kitoblar targ'ib qilindi.Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Sehrli tayoq" nomli ertak o'qib eshittirildi.