Kitoblar targ'iboti o'tkazildi.
Aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kutubxonaga jalb etish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli targ'ibot tadbirlari,davra suxbatlari,kitob ko'rgazmalari,yangi kitob taqdimotlari o'tkazib kelinmoqda.Joriy yilning 31-iyul kuni tumandagi Do'stlik MFY hududida joylashgan "Baxmal" o'quv markazida kitoblar targ'iboti o'tkazildi.O'tkazilgan targ'ibotda axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,kitob fondi haqida ma'lumotlar berildi.12 nafar yoshlar axborot-kutubxona markaziga a'zo bo'lishdi.