Kitoblar targ'iboti o'tkazildi.

Yoshlar qalbida kitobga mehr uyg'otish,kitobxonlik darajasini yanada oshirish va kutubxonaga ko'proq jalb qilish maqsadida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan turli uchrashuvlar,davra suhbatlari, yangi kitoblar targ'iboti va kitob ko'rgazmalari tashkil etilmoqda .Jumladan joriy yilning 15-avgust kuni tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan to'garak a'zolariga "Yangi kitoblar targ'iboti "o'tkazildi.Targ'ibotda bolalar uchun mo'ljallangan "Sehrli kitob yoki Hitopadesha","Olimjonning sarguzashtlari","Pinokkioning boshidan kechirganlari","Quyonlar saltanati" kabi kitoblar targ'ib qilindi.