Kitobsevar millat
📚 “Kitob mutolaasi – ma’naviyat cho‘qqisi” mavzusida davra suhbati
🗓 2025-yil 17-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi (AKM) o‘quv zalida “Kitob mutolaasi – ma’naviyat cho‘qqisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, o‘qish madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, kitobning inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Kutubxona mutaxassisi o‘z chiqishida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratdi:
Kitob — bilim manbai, ma’naviyat asosi ekanligi;
Mutolaa yoshlar ongida mustaqil fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega ekani;
Axborot asri sharoitida kitobxonlikni targ‘ib qilish har qachongidan ham dolzarb ekani.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirib, sevimli asarlari haqida suhbatlashdilar. Yaxshi kitob insonni kamolot sari yetaklovchi eng yaqin do‘st ekani yana bir bor ta’kidlandi.