" Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlik oyligi tashkil etildi.
🏛Jizzax viloyat hokimligining 2025-yilning 10-oktabr sanasi bilan "Kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish maqsadida
✅" Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlik oyligini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi №05-1372-sonli yig‘ilish bayoni imzolandi.
✅Yig‘ilish bayoniga asosan viloyatimizda oktabr-dekabr oylarida "Kitobxonlik oyliklari" tashkil qilinadi.
✅Shu munosabat bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 16-21 oktabr kunlari "Kitobsevar millat" oyliklari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅Tumanimiz aholisini ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishlariga chorlab qolamiz.