“Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasidan kelib chiqib, Ko‘zi ojizlar hamda mahalla kutubxonalari bilan hamkorlikda madaniyat markazida “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ma’naviy kamolotdagi ahamiyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, kitob mutolaasi orqali inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviyati yuksalishi ta’kidlab o‘tildi.