“Kitobxon ona – kitobxon bola” Joriy yilning 17-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxon ona – kitobxon bola” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 📚✨
“Kitobxon ona – kitobxon bola”
Joriy yilning 17-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxon ona – kitobxon bola” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 📚✨
Ushbu tadbir doirasida O‘smat shaharchasida istiqomat qiluvchi Xo‘jayorovlar oilasida kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 🏡📖
Tadbir davomida oilaga kutubxona fondidan saralangan badiiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar taqdim etildi hamda kitob mutolaasining oilaviy muhitdagi o‘rni haqida samimiy suhbatlar olib borildi. 🤝💫
Mazkur tashabbus oilada kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish, onalar va farzandlar o‘rtasida ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qildi.