Kitobxon onalar kuni.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tashabbusi bilan har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni” etib belgilangan va ushbu maʻnaviy-maʻrifiy tadbir sifatida har oy o'tkazib kelinadi. Joriy yilning 15-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan ushbu kun munosabati bilan "Farzandim kelajagiga befarq emasman" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.Ushbu davra suhbatida uy bekalari, mahallaning faol xotin-qizlari, ishtirok etishdi.Bundan ko'zlangan maqsad xotin-qizlarimiz, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini, madaniyatini oshirishga xizmat qilishdir. Tadbir davomida 13 nomdagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.
