✅“Kitobxon onalar” kuni.

#Kitobxon_onalar_kuni

✅Har oyning 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasining shakllanishiga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan 15-avgust kuni Baxmal  tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Uzunbuloq mahallasida “Men ham kitob o’qiyman” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.Ushbu davra suhbatida oila davrasida   kitob o’qishning o’rni va ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi.