#Kitobxon_onalar_kuni

14-oktabr kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kitobsevar onalar va farzandlari ishtirok etishdi. Ular kitobning inson ma’naviyati va tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashishdi. Onalar farzandlariga mehr va bilim berishda o‘z o‘rnaklari bilan yosh avlodni kitobxonlikka yetaklashlari muhimligi ta’kidlandi. Suhbat samimiy ruhda o‘tdi va  ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.