Kitobxon onalar kuni

Har oyning 17-sanasi  “Kitobxon onalar kuni” etib belgilangan va ushbu maʻnaviy-maʻrifiy tadbir har oy o'tkazib kelinmoqda.Baxmal  tuman axborot kutubxona markazi  xodimlari tamonidan 17-oktabr kuni tumandagi 81-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi    bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi .Tadbirdan ko'zlangan maqsad xotin-qizlarimiz, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali farzandlar tarbiyasini,   maʻnaviyatini, madaniyatini oshirishga xizmat qilishdir.