“Kitobxon onalar kuni”
“Kitobxon onalar kuni”
✅Kitobxon ona-oila ma’naviyatining ko`zgusi. Kitoblari yo`q xonadon–huddi ruhsiz tanaga o`xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakillantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota–ona kitobga mehr qo`ygan bo`lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo`ladi,xushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qiladi. Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 17-yanvar kuni "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan tumandagi Do'stlik MFY da yashovchi Egamovlar oilasida “Kitobxon ona-kitobxon millatni tarbiyalaydi” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.