📚 “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan zakovat tadbiri
📚 “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan zakovat tadbiri
Joriy yilning 17-sentabr kuni “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxon onalar ishtirokida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bilim va dunyoqarashini oshirish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar adabiyot, tarix, ona tili, madaniyat, san’at va umumiy bilimlarga oid savollarga javob berib, o‘zlarining bilim va topqirliklarini namoyon etdilar.
Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar e’tirof etilib, kitobxon onalarga ezgu tilaklar bildirildi.
📖 Kitobxon ona — kitobxon avlod tarbiyachisi!
Zero, farzand qalbiga kitob mehrini singdirgan ona, kelajak avlodga ma’rifat va ziyoning eng go‘zal yo‘lini ko‘rsatadi.