Kitobxon yoshlar – yurt kelajagining poydevori. 2-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida an’anaviy tarzda har haftaning payshanba kunlari tashkil etib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida markaz xodimlari hamda faol kitobxon yoshlar ishtiroki
Kitobxon yoshlar – yurt kelajagining poydevori.
2-iyul kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida an’anaviy tarzda har haftaning payshanba kunlari tashkil etib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida markaz xodimlari hamda faol kitobxon yoshlar ishtirokida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Axborot-kutubxona markazi bibliografiya xizmati rahbari so‘zga chiqib, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va intilishlari, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati haqida atroflicha fikr bildirdi.
Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasi orqali bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kelajakda yetuk va barkamol inson bo‘lib voyaga yetish yo‘lida doimiy izlanishda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish borasida o‘zaro fikr almashdilar.