Kitobxonlar burchagi — bilim va do‘stlik maskani! 📚✨

Kitobxonlar burchagi — bilim va do‘stlik maskani! 📚✨ ✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 28-dekabr kuni Yangi Toshkent hududidagi ayrim obektlar qurilishi bilan tanishish jarayonida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 7-sonli bayonining 5.5 bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Baxmal tuman Axborot-kutubxona markazida “Faol kitobxonlar burchagi tashkil etilgan. Unda eng faol kitobxonlarning fotosuratlari joy olgan bo‘lib, bu burchak kitobsevar yoshlarni rag‘batlantirish va ularni yangi marralarga chorlashga xizmat qilmoqda. 📚18-noyabr kuni mazkur burchakda kitobxonlar bilan samimiy va mazmunli suhbat o‘tkazildi. Ular o‘z o‘qish tajribalari, sevimli asarlari va kitobning hayotlaridagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Tadbir davomida yoshlar o‘zaro fikr almashib, yangi kitoblar bilan qiziqdilar va kutubxona bilan yanada yaqin hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdilar. Faol kitobxonlar burchagi — bilimga muhabbat va rag‘bat maskani!