#Kitobxonlik_haftaligi_2025

#Kitobxonlik_haftaligi_2025 📚Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 21-aprel kuni "O`zbekiston - kitobxonlar yurti " shiori ostida V Respublika " Kitobxonlik haftaligi " doirasida faol kitobxonlar va maktab o`quvchilari ishtirokida kutubxona bo`ylab sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida O'zbekiston rahbarining kitobxonlikni rivojlantirish to'g'risidagi yoshlar bilan suhbatidan videolavhalar namoyish etildi hamda turli adabiyotlar, elektron nashrlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.