#Kitobxonlik_haftaligi_2025

#Kitobxonlik_haftaligi_2025 📚Kitob insoniyatning eng qadimiy do’sti,bilim va ma’naviyat manbai.Kitoblar bizni yangi dunyolar bilan tanishtiradi,hayotning chuqur haqiqatlarini ochib beradi va bizga o’zimizni anglashga yordam beradi. 22-aprel kuni "O`zbekiston - kitobxonlar yurti " V Respublika " Kitobxonlik haftaligi " doirasida yurtimizning taniqli yozuvchi va shoirlaridan Asror Mo’min,Abduhalil Sattor,Abdukarim Sharipov,Muhammad Akajonov va Shaxlo Axrorovalar Baxmal tuman Madaniyat markazi faollar zalida Baxmal tuman axborot-kutubxona markazi faol kitobxonlari va maktab kutubxonachilari ishtirokida ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.Ijodiy uchrashuv davomida shoir va yozuvchilarimiz ishtirokchilarni o’z ijod namunalari bilan baxramand etdi.Kelgusida bunday tadbirlar bardavom bo’lishligini ta’kidlashdi va o'z qalamiga mansub kitoblarni axborot-kutubxona markaziga sovg'a qilishdi.