Kitobxonlik_haftaligi_2026 14-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida mazmunli va ilhom bag‘ishlovchi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kitobxonlik_haftaligi_2026
14-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida mazmunli va ilhom bag‘ishlovchi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✨ Tadbirda tumanimizning taniqli adabiyotshunosi, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi Ali Aqmurodov yosh kitobxonlar bilan samimiy suhbat qurdi.
📖Uchrashuv davomida ustoz ijod sirlaridan so‘zlab, kitobning inson hayotidagi o‘rni va mutolaaning ahamiyati haqida qimmatli fikrlarini ulashdi. Shuningdek, Baxmal tumanida yetishib chiqqan buyuk yozuvchi va shoirlar haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berib, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.