Kitobxonlik_haftaligi_2026 16-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida mazmunli va ilhom bag‘ishlovchi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kitobxonlik_haftaligi_2026 16-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida mazmunli va ilhom bag‘ishlovchi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni — baxmallik taniqli adabiyotshunos, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi Ali Aqmurodov bo‘lib, u kutubxona xodimlari va kitobxonlar bilan samimiy suhbat qurdi. Uchrashuv davomida adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, kitob mutolaasining tafakkur va ma’naviyatni yuksaltirishdagi ahamiyati haqida qimmatli fikrlar bildirildi. Shuningdek, ijodkor o‘zining hayotiy tajribalari, ilmiy izlanishlari hamda ijod yo‘lidagi qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashib, yosh kitobxonlarga ilhom bag‘ishladi. 🤝🌟 Mazkur uchrashuv kitobsevarlar uchun unutilmas taassurotlar qoldirib, ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.