Kitobxonlik_haftaligi_2026 📚 Kitob maskaniga maroqli sayohat 🌟

Kitobxonlik_haftaligi_2026 📚 Kitob maskaniga maroqli sayohat 🌟 📅 14-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markaziga tumandagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari sayohatga tashrif buyurdilar. 🏛 Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxona faoliyati, undagi mavjud adabiyotlar, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 📖 O‘quvchilar kitoblar olami bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni varaqlab ko‘rdilar va mutolaa jarayonidan zavq oldilar. ✨ Ushbu sayohat yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni bilim olishga undash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. 🤝 Tadbir yakunida o‘quvchilar kutubxonaga yana tashrif buyurish istagini bildirib, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.