"Kitobxonlik haftaligi" yopilish marosimi bo’lib o’tdi.
26-aprel kuni Baxmal tuman axborot-kutubxona markazida 22-26-aprel kunlari o’tkazilgan “Kitobsevar millat” shiori ostida IV Respublika "Kitobxonlik haftaligi" yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda ushbu haftalikda faol ishtirok etgan tumandagi 1-81-umumta'lim maktabi 9-11-sinf kitobxon o'quvchilari maqtov yorlig’i va esdalik uchun kitoblar bilan taqdirlandi.




